Turkiya boş vaziri Binali Yildirim kurd isyonçilari bilan tinçlik haqida muzokaralar ötkazilişi imkoniyatini istisno qildi, deb xabar bermoqda Assoşieyted Press axborot agentligi. 

"Heç qanday tinçlik jarayoni bölmaydi. Biz terrorçilik taşkiloti bilan suhbatlaşmaymiz", deb aytdi Yildirim Turkiyaning şarqida 18 avgustda yuz bergan bir neça portlaşlardan keyin. 

18 avgustda Elyazig va Van şaharlaridagi politsiya bölimlari yonida portlaşlar yuz bergan. Elyazigda 5 kişi, Vanda esa 3 kişi halok bölgan. Ikkala teraktda jarohatlanganlar soni 290 kişidan oşib ketgan. Öşa kuni yana bir portlaş Xizan şahri yaqinida sodir etilgan. Bu yerda harbiy avtokolonna ötib ketayotganda bomba portlatilgan. Beş harbiy halok bölgan, 4 nafari yaralangan.

Elyazigdagi portlaş uçun javobgarlikni Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi (KIP) öz zimmasiga olgan. Hukumatning fikriça, qolgan portlaşlar ham ortida muxolif Fathulla Gulen taşkiloti turgan KIP tomonidan amalga oşirilgan.

Turkiya hukumati va KIP örtasidagi yaraşuv jarayoni 2015 yilda barbod bölgan. 2015 yil iyulda qayta boşlangan qurolli ixtilof oqibatida şu kungaça 600 dan köproq turk harbiysi va politsiyaçisi halok bölgan. Turkiya boş ştabining ma'lum qilişiça, şu davr içida 5 mingga yaqin kurd jangçisi yöq qilingan.