Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi saflaridan çiqiş jarayonlari Yevropa parlamentiga bölib ötadigan saylovlarga qadar yakunlanişi kerak. Ma'lumki, saylovlar 2019 yilda ötkaziladi. Bu haqda “Reters” agentligiga intervyu bergan Germaniya taşqi işlar vazirligining Yevropa işlari böyiça davlat vaziri Mixael Rot ma'lum qildi. Uning sözlariga qaraganda, Lissabon Şartnomasining 50-moddasiga binoan Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqişi masalasidagi mexanizm işga tuşganidan söng, London va Bryussel örtasida jiddiy muzokoralar boşlanişi lozim.
Buyuk Britaniyada mamlakatning Yevropa Ittifoqidan çiqişini qöllab-quvvatlovçilar ğalaba qozondi. Bu degani Yevroparlamentda britaniyalik deputatlar bölmasligini anglatadi. Mixael Rotning ta'kidlaşiça, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi örtasidagi munosabatlar mustahkam bölişi imkoniyatlari mavjud. Londonga Yevropa Ittifoqi tarkibida alohida maqom berilişi mumkin. Mixael Rotning aytişiça, muzokaralar tezlik bilan boşlanişi kerak. «Yangi vaziyatga könikiş uçun yil oxiriga qadar fursat yetarli», dedi siyosatçi. Şu bilan birga Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar tizimi Şveytsariya va Norvegiyadan butunlay farq qilişini eslatib ötdi. Ma'lumki, bu ikki mamlakat Yevropa Ittifoqi a'zosi emas. «Yevropa Ittifoqining uzoq muddat a'zosi bölib kelgan Buyuk Britaniyaning buyukligi va ahamiyati hisobga olingan xolda, Londonda alohida maqom oliş imkoniyati bor» dedi Rot.
Şu yilning 23 iyunida bölib ötgan referendumda saylovçilarning 51,9 foizi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi saflaridan çiqişini qöllab-quvvatlagan bölsa, 48,1 foizi bu fikrga qarşi çiqqan edi. Mamlakat yangi boş vaziri Tereza Mey xalqning xohiş-irodasini bajarişga tayyorligini bildirdi. Biroq u Lissabon Şartnomasining 50-moddasi bu yil işga tuşmasligini eslatib ham qöydi. Bu modda Yevropa Ittifoqi tarkibidan çiqiş borasida London tomonidan ariza berilişini anglatadi. Buyuk Britaniya hukumati kelasi yil boşlarida Yevropa Ittifoqi tarkibidan çiqiş borasida faol harakat qilişini aytib keladi.
Tahlilçilarning fikriça, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi saflaridan çiqişi 2019 yil boşlarida amalga oşişi kerak edi. Biroq bu jarayon 2019 yil sönggiga borib yakunlanişi aytilmoqda. Çunki şu muddatga qadar Yevropa Ittifoqidan çiqiş bilan şuğullanib keluvçi muassasa zarur hujjatlarni tayyorlaşga ulgurmas ekan. Bu xaqda The Sunday Times gazetasi ma'lum qildi.
Tereza Mey Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi saflaridan çiqişiga qarşi edi. Endi esa mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan çiqişi borasida muzokaralar ötkazişga majbur.
Eslatib ötamiz, Tereza Mey qaroriga binoan Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi saflaridan çiqişi bilan şuğullanuvçi maxsus muassasa taşkil etilgan. Bu idoraga Devid Devis boşçilik qiladi. Biroq muassasa barça imkoniyatlardan foydalanmayotgani aytiladi. Bunga yetarliça infratuzilmalarning yöqligi sabab bölmoqda.











