Rio—2016 Olimpiadasining 97 kilogrammgaça bölgan erkin kuraşçilari örtasidagi turnirida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Magomed Ibragimov bronza medali uçun dastlabki bellaşuvda gilamga çiqdi.

Çorak finalda özbekistonlik sportçidan ustunlik qilgan ozarbayjonlik Ketag Gazyumov final yöllanmasini qölga kiritib, Magomed Ibragimovga medallar uçun kuraşni davom ettiriş imkonini yaratgandi.

Ibragimov ötiş öyinida Eron vakili Rizo Muhammad Ali Yazdoniyni 5:0 hisobida yengdi. U raqib kuragini yerga tekkazgança uşlab turdi va 33 soniya içida muddatidan avval sof ğalabani qölga kiritdi.

Endi u bronza uçun ukrainalik Valeriy Andriytsevga qarşi gilamga çiqadi.