Rio—2016 Olimpiadasida erkin kuraş böyiça 97 kg. vaznda Özbekiston şarafini himoya qilgan sportçi Magomed Ibragimov çorak finalda kuçli raqibga imkoniyatni boy berdi.

Ozarbayjonlik Xetag Gazyumovga qarşi gilamga çiqqan Ibragimov 3:12 hisobida yutqazdi.

Endi u Gazyumovning yarim finaldagi iştiroki natijasini kutadi. Agar Ozarbayjon vakili finalga yöl olsa, u bronza medal uçun kuraşni davom ettiradi.

Şuningdek, 65 kg vazndagi bahslarda yarim finalga çiqqan yana bir kuraşçi Ixtiyor Navrözov final ostonasida Rossiya vakili Soslan Ramonovga yutqazdi - 7:18.

U ham endi bronza uçun kuraşadi.