Efiopiyalik marafonçi, Rio Olimpiadasining kumuş medali sovrindori Feyisa Lilesa Efiopiya hukumatiga qarşi çiqiş qildi.
5 avgust kuni Efiopiyada inson huquqlari buzilişiga qarşi, siyosiy va ijtimoiy islohotlar talab qilgan holda norozilik namoyişlari ötkazilgandi. U marafonda marraga yetib kelgaç, isyonçilarga monand tarzda qöllarini krest qilib kötardi.
Lilesaning aytişiça, keyingi 9 oyda hukumat qöllagan zöravonliklar tufayli mingdan ortiq kişi halok bölgan.
U agar Efiopiyaga qaytsa, özini öldirişlariga işonçi komil. Efiopiyada uning rafiqasi va 2 farzandi qolgan.












