Yaponiyaning Sony kompaniyasi sentabr oyi boşlarida özining eng ommabop öyin qurilmasi PlayStation 4ning ikki xildagi namunasini taqdim etadi, deb xabar qilmoqda The Wall Street Journal.
Naşr manbalariga köra, yangi qurilmaning biri PlayStation 4ning ingiçka körinişidir. Uning ikkinçi, kuçliroq modeliga PlayStation Neo nomi berilgan. Taxminlarga muvofiq, u 4K ölçamli tasvirni aks ettirib, öyinlardagi grafikasi ham ança sifatli böladi.
Tasvirlarning bunday yuqori sifatda bölişi, virtual reallik közoynaklari PlayStation VR loyihasi bilan boğliq. Uning savdolari şu yilning oktabr oyida boşlanişi belgilangan. Virtual reallik közoynaklari 400 dollardan sotiladi. Ayni çoğda, PlayStation 4 öyinlari röyxati özgarmaydi.
PlayStation 4 2013-yil noyabr oyidan beri 40 mln donadan ortiq nusxada sotilgan. Agar, Sony kompaniyasining kelgusi mahsuloti haqiqatdan ham sentabr oyida taqdim etilgudek bölsa, bu öyin işlab çiqariş sanoatining yozilmagan qoidasiga zid böladi. Unga muvofiq, yangi öyin platformalari 5-6 yilda bir marta çiqarilişi lozim.

















