AQŞ prezidentligiga nomzod bölmiş respublikaçi Donald Tramp ötgan oyda saylovoldi kampaniyasi xarajatlarini 2 barobar oşirdi. Lekin uning xarajatlari Hillari Klintonning xarajatlaridan sezilarli darajada kam.

Iyul oyida Trampning ştabi 18,5 mln dollar, Klintonning jamoasi esa 38 mln dollar xarajat qilgan.

Xabar qilinişiça, Tramp öziga xos maxsus kepkalar tayyorlaş uçun 420 ming dollar işlatgan.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, Trampning saylovoldi kampaniyasi keyingi yillardagi eng kamçiqim kampaniya bölmoqda. Taqqoslaş uçun, Barak Obama 2012 yilda ikkinçi muddatga saylanişidan oldin saylovoldi kampaniyasi uçun iyun oyida 58,1 mln dollar, iyul oyida esa 58,9 mln dollar sarflagandi.

Tramp uçun avgust oyi eng serxarajat oy bölişi kutilmoqda. Faqatgina televideniyedagi reklama uçun keyingi haftada 5 mln dollar işlatildi.

Klinton ştabi 2 oy oldinroq televideniyedagi reklamadan foydalana boşlagan va şu vaqtgaça bu uçun 60 mln dollar sarflab bölingan.

Klintonning jamoasida 700 kişi uçun ştat oçilgan, bu esa Trampning xodimlari sonidan deyarli 10 barobar köp.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, iyul oyida sarflangan mablağning 45 foizi veb-dizayn bilan şuğullanadigan kompaniyalarga tölangan, yana millionlab dollarlar parvozlarga sarflangan.

New York Times gazetasining mustaqil holda ötkazgan tekşiruvida aniqlanişiça, Tramp uçun işlaydigan firmalar 650 mln dollar jamğargan. Manbada aytilişiça, Trampning biznesining köp jihatlari hamon soyada qolmoqda.

"AQŞ prezidentligiga nomzod öz aktivlarini baholaşga ruxsat bermagan va soliq hisobotlari haqidagi ma'lumotlarni oşkor etmagan", deyiladi Times naşrida.