Belgiyalik muxlislarga Belgiya olimpiya terma jamoasini Bryussel xalqaro aeroportida kutib oliş uçun çiqişga ruxsat berilmadi. Soir naşrining yozişiça, hukumat xavfsizlik çoralari zarurati tufayli şunday qaror qabul qilgan.

Manba ma'lumotiga köra, aeroportga olimpiyaçilarni kutib oliş uçun faqat ularning oila a'zolari çiqişiga ruxsat berilgan.

Belgiya delegatsiyasi Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada 2ta oltin, 2ta kumuş va 2ta bronza medal olib, umumiy reytingda 35-örinni egalladi.

Bryussel xalqaro aeroportida 22 mart kuni tongida 2ta portlaş sodir etilgandi. Uçinçi portlaş esa metroning "Malbek" bekatida röy berdi. Bu teraktlar oqibatida 32 kişi halok bölib, 340 kişi turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Ulardan biri hozirgaça şifoxonada qolmoqda. Bu terakt uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.