Braziliya prezidenti lavozimidan vaqtinçalik çetlatilgan Dilma Russeff iste'foga öz ixtiyoriça ketmasligini ma'lum qildi.
"Menda iste'foga ketişga zarraça istak yöq. Men siyosiy raqiblarimga bunday sovğa qilmayman", deb aytdi Russeff.
Avvalroq Russeff öz mandatini saqlab qolişga kuraşişini aytgandi. "Meni öz ixtiyorimça lavozimimdan ketiş haqida söraşdi, köndirişga harakat qilişdi va hattoki bosim ötkazişdi. Biroq men buni heç qaçon qilmayman, bilasizmi nega? Çunki menga xalq 54 mln ovoz bergan", deb aytgandi Russeff San-Pauluda tarafdorlari bilan uçraşuvda.
10 avgustda Braziliya parlamenti yuqori palatasi – Federal senat Russefning impiçmenti jarayoni davom ettirilişi uçun ovoz bergandi.
Impiçmentning yakuniy bosqiçi 25 avgustda boşlanadi.

















