Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi xodimlari 18 avgustda Qozoğiston hududida bir qator teraktlarni amalga oşirmoqçi bölgan radikal guruh a'zolarini qölga oldi.
"18 avgustda Olmaota viloyatida Milliy xavfsizlik qömitasi xodimlari tomonidan Qozoğiston hududida bir qator teraktlarni amalga oşirmoqçi bölgan radikal guruhning 4 a'zosini qölga oliş böyiça maxsus operatsiya ötkazildi", deyilmoqda xabarda.
Qozoğiston va Qirğiziston fuqarosi bölgan terrorçilar yaşaydigan joy va maxsus yaşirin joylardan ularga tegişli qölbola portlovçi qurilmalarni tayyorlaş uçun möljallangan ehtiyot qismlar va diniy-ekstremistik materiallar musodara qilingan.
Terrorçilar Milliy xavfsizlik qömitasi bölinmalari, politsiya, harbiy qismlar va ularning xodimlariga qarşi qurollangan hujumlar uyuştirmoqçi bölgan. Şundan keyin ular odamlar gavjum böladigan joylarda teraktlar sodir etiş niyatida bölgan. Ma'lum qilinişiça, tezkor-qidiruv işlari davom etmoqda.












