Bundan tashqari, Tramp xonim, Daily Mail nashrini Melaniyaning 90-yillardagi muhojirlik maqomi yuzasidan javobgarlikka tortish niyatida. 

«Bu kabi bayonotlar 100 foiz yolg‘on, tuhmat bo‘lib, uning obro‘siga putur yetkazish bilan birga haqorat hamdir», — deyiladi sudga topshirilgan murojaatda. 

Hujjatda ta'kidlanishicha, Melaniya prezidentlik poygalari chog‘ida OAVning erkinligini qabul qiladi, biroq bunday ochiqcha yolg‘onlar ruxsat berilgan chegaralardan oshib ketgan.