Germaniyaning Quyi Saksoniya yeridagi Osnabryuk şahri sudi musulmon diniga e'tiqod qiluvçi maktab öquvçilarining darslarga niqobda kelişini taqiqlab qöydi. Bu haqda Independent naşri xabar bergan.

Gazetaning ma'lumotlariga köra, Osnabryukdagi Sophie Scholl Evening Gymnasium maktabining 18 yoşli öquvçisi gimnaziya rahbariyati unga niqob (köz uçun kiçik qirqilgan va boşni butunlay yopib turuvçi boş kiyimi)da darslarga kelişini man etgani uçun sudga murojaat qildi. 

Maktab ma'muriyati qizning taşqi körinişi öqituvçilar bilan oçiq muloqot qilişiga xalaqit bergani uçun bu qarorga kelganini ta'kidladi. Ularning fikriça, kommunikatsiya "nafaqat sözlardan, balki sözsiz komponentlar va tana tili"dan ham iborat.

Şahar ma'muriy sudi maktab öquvçisining da'vosini rad etdi. Qizning özi esa OAVning keng iştiroki tufayli qarorni tinglaşga kelmadi.  

Xabarda ta'kidlanişiça, bu Germaniya maktablarida niqob taqişni man etuvçi birinçi qaror böldi.