Suv toshqinlaridan aziyat chekkan shtatlarga borgan Obama tanqid qilindi
AQSh prezidenti Barak Obama kuchli suv toshqinlaridan aziyat chekkan Luiziana shtatiga safari doirasida Amerikaning Baton-Ruj shahriga tashrif buyurdi, deb yozmoqda USA Today.
Shunga qaramay, Obama safarini kechiktirgani uchun tanqidga uchragan. Prezident tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda mahalliy hokimiyat amalga oshirgan choralarni e'tirof etib, tiklash ishlari bir necha oyga cho‘zilishini ta'kidlagan.
Obamaning qayd etishicha, suv toshqini haqidagi xabarlar bir yoqlama va fotoreportajlar uchun sabab bo‘lmasligi lozim. U, shuningdek, barcha amerikaliklarni Luizianadagi vaziyatni kuzatib turishga chaqirgan.
Aytish joiki, Barak Obamaning tashrifi, respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning tashrifidan so‘ng, to‘rt kun o‘tgach amalga oshirildi. Shu munosabat bilan, respublikachilar nomzodi prezidentni tanqid qilish uchun qulay fursatni boy bermay, Obama ta'tilini bekor qilib, golf o‘ynash o‘rniga Luizianaga kelishi lozim edi, degan fikrni ilgari surdi.
Avvalroq, yuz mingdan ortiq amerikalik suv toshqinlari tufayli hukumatdan yordam so‘ragani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
20:51 / 03.11.2024
Ispaniya qiroli va qirolichasi Valensiyada loybo‘ron qilindi
15:59 / 03.11.2024
Ispaniyada asrning eng vayronkor toshqini. To‘rt kun o‘tib yana nimalar ma’lum?
17:54 / 31.10.2024
Ispaniyadagi suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
16:20 / 30.10.2024