Bugun, 24 avgust kuni soat 08:10 va 09:40da özbekistonlik ziyoratçilarning jami 470 kişidan iborat dastlabki guruhlari 2 reysda Toşkent-Madina yönalişi böyiça Saudiya Arabistoni Podşohligiga uçib ketdi. Ziyoratçilarni kuzatiş marosimida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Din işlari böyiça qömitasi, Özbekiston musulmonlari idorasi, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari iştirok etdilar. Bu haqda Din işlari böyiça qömita Matbuot xizmati xabar bergan.

Vazirlar Mahkamasi qoşidagi qömitaning ma'lum qilişiça, 24 avgust - 4 sentabr kunlari davomida özbekistonlik 5200 nafar ziyoratçi haj ziyoratini amalga oşiradi. 

“Özbekiston havo yöllari” Milliy aviakompaniyasining charter reyslarida Toşkent-Madina, Buxoro-Madina, Samarqand-Madina, Qarşi-Madina, Namangan-Madina va Urganç-Madina yönalişlarida haj safariga jönatiş taşkil etiladi.