Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko özining qarorgohida amerikalik maşhur aktyor Stiven Sigal bilan norasmiy uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Lukaşenko matbuot kotibi Natalya Eysmont ma'lum qildi. 

"Bugun prezident aktyor bilan uçraşdi. Stiven Sigalning aytişiça, u Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşişni ançadan beri orzu qilib yurgan va Minskga borişi oldidan u bilan uçraşişni qat'iyatlik bilan söragan", deb aytdi Eysmont. Uning aytişiça, Sigalning Belarusga nisbatan tuyğulari özgaça, çunki aniqlanişiça, bu yerda uning ildizlari bor. 

Aktyor Minskka tunda uçib keldi, u Belarusning onlayn-öyinlar yaratuvçi kompaniyasi Wargaming bilan hamkorlik qiladi. Şu bilan birga aktyorning safari faqatgina iş bilan boğliq bölmadi: u Minsk böyiça qisqa sayohat uyuştirdi, belarus oşxonasi bilan tanişdi. 

Sigalning Lukaşenko bilan uçraşuvi mehmon uçun juda sermazmun ötdi. Sigal belarus qişloq xöjaligi bilan taniştirildi. U kartoşka, tarvuz yiğimini  kuzatdi.