Polşaning Kolobjyega şahri çiqindixonasi xodimlari eski çangyutgiç içida yarim million yevro topib olişdi, deb ma'lum qildi Kaliningraddagi polyak madaniyat markazi.

"Kolobjyegadagi çiqindixona xodimlari özlarini bir onga haqiqiy millionerlar deb his qilişdi. Ular çiqindilar uyumida zlotiy va yevro qoğoz pullari dastalarini körib qolişgan. Bu hali tasdiqlanmagan bölsa-da, ularning qiymati yarim million yevrogaçani taşkil qilgan bölişi mumkin", deyilmoqda xabarda. 

Çiqindixona xodimlarining aytişiça, pullar dinamik va çangyutgiç içiga yaşirib qöyilgan bölgan va çiqindixonadagi transportirovkalaş tasmasida soçilib ketgan. Işçilar bu haqda politsiyaga xabar berişgandan keyin pullar ulardan olingan.

TVN24.pl’ning yozişiça, pullarning egasi Kolobjyegada yaşovçi ayol bölgan. Ayol voqea joyida pullarni yaşirgan joyi haqida aytib bergaç, pullar unga qaytarilgan.