Turkiya boş vaziri Binali Yildirim Turkiya va AQŞning Suriyadagi harbiy operatsiyasi Kurdiston işçi partiyasi a'zolari özlarining avvalgi Evfrot daryosi sohillaridagi pozitsiyalariga qaytmagunlariça davom etişini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Uning aytişiça, agar Suriya prezidenti Başar Asad mintaqada avj olayotgan ixtilofga e'tiborsizlik qilmaganda operatsiya amalga oşirilmagan bölardi.

Öz navbatida, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan operatsiya IŞID jangarilari va Kurdiston işçi partiyasi a'zolariga qaratilganini aytdi.

Avvalroq Turkiya armiyasi Suriya hududiga çegara yaqinidagi Jarablus şahrini jangarilardan ozod qiliş uçun bostirib kirgani ma'lum qilingandi.