Aloqa operatori Beeline Public Media agentligi va “UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy qiliş va rivojlantiriş markazi” DUK qöllab-quvvatlaşi bilan birgalikda işlab çiqilgan “Özbekiston 25” digital-loyihasini taqdim etmoqda. 

Voqeani şarhlar ekan, Unitel‘ning jamoatçilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov şunday dedi: “Beeline katta iştiyoq bilan haqiqatan ham vatanparvarlik töyğusi bilan tölgan mazkur “Özbekiston 25” loyihasini boş hamkor sifatida qöllab-quvvatladi. Mustaqillikning yubiley sanasi yaqinlaşmoqda va biz Vatanimizning şakllanişi va rivojlanişining asosiy bosqiçlarini vatandoşlarimiz bilan birgalikda eslaş imkonini taqdim etişdan mamnunmiz. Buning eng quvonçlisi va ramziyligi şundaki, sovğa digital-formatda amalga oşirilgan va har kim smartfon, planşet yoxud desktop kompyuterdan kirişidan qat'i nazar adaptiv formatda taqdim etilgan”. 

“Özbekiston 25” loyihasi http://25.beeline.uz/uz/ havolasi böyiça joylaştirilgan va yoş respublikamiz tarixidagi eng esda qolarli sanalarni körsatgan holda mamlakatning mustaqil rivojlanişini elektron solnomasi sifatida amalga oşirilgan. Hamma uçun taniş bölgan voqealar, şuningdek, keng auditoriya uçun noma'lum bölgan paytlar haqidagi ma'lumot bilan bölişiş istagi paydo bölişi şubhasiz – buning uçun saytning interfeysida eng ommabop ijtimoiy tarmoqlarning belgilari keltirib ötilgan, ular yordamida esa bir tugmaning bosilişi orqali şaxsiy profilda “Özbekiston 25” loyihasiga havolani joylaştiriş mumkin. 

Tafsilotlar http://25.beeline.uz/uz/ saytida.