AQŞ va Kuba örtasidagi birinçi töğridan-töğri doimiy qatnovlar 31-avgustdan yölga qöyiladi. Uni, Amerikaning JetBlue aviakompaniyasi samolyoti Fort-Loderdeyl (Florida)dan Santa-Klaraga parvoz qiliş bilan boşlab beradi, deya ma'lum qilgan Kuba transport vaziri örinbosari Eduardo Rodriges.

"Parvozlarni qayta tiklaş ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni yaxşilaş jarayoniga qöşilgan hissadir ", — deya Rodriges sözlarini keltiradi Globovision.

Mazkur parvoz, 1963-yildan beri ilk marta amalga oşirilayotgani bilan e'tiborlidir. Tomonlar örtasidagi kelişuvga muvofiq, halqaro parvozlar soni Kubaning har bir xalqaro aeroportidan 10tadan jami 110 tani taşkil etişi mumkin. Biroq, hozirça Havanaga parvoz qiliş masalasi oxirigaça hal etilganiça yöq. Şu bilan birga, 29- oktabrgaça parvozlarning umumiy soni kuniga 11tani taşkil etadi.