Monakodagi YeÇL guruh bosqiçiga qur'a taşlaş marosimdan keyin UYeFA talqiniga köra, 2015-2016 yilgi mavsumning eng yaxşi futbolçisi aniqlandi.
Unga köra "Real" jamoasining portugaliyalik hujumçisi Kriştianu Ronaldu ötgan mavsumda Yevropadagi eng yaxşi futbolçisi deb topildi.

31 yoşli futbolçiga jamoadoşi Garet Beyl hamda "Atletiko"ning fransiyalik hujumçisi Antuan Grizmann raqobat qilgandi.
Ronaldu ötgan mavsumda "Real" bilan YeÇLda, Portugaliya terma jamoas bilan esa Yevropa çempionatida ğolib çiqdi.
Qayd etiş kerakki, portugaliyalik futbolçi bu sovrinni faoliyatida ikkinçi marta qölga kiritdi.

Yevromavsumning eng yaxşi futbolçilari röyxati:
2010–11 Lionel Messi (Argentina/Barselona)
2011–12 Andres Inesta (Ispaniya/Barselona)
2012–13 Frank Riberi (Fransiya/Bavariya)
2013–14 Kriştianu Ronaldu (Portugaliya/Real)
2014–15 Lionel Messi (Argentina/Barselona)
2015–16 Kriştianu Ronaldu (Portugaliya/Real)












