Özbekistonda metallurgiya sanoatining ikkita işlab çiqariş quvvati – Çirçiqdagi Özbek ziç qotişmali va issiqqa çidamli metallar işlab çiqariş birlaşmasi Olmaliq toğ-metallurgiya kombinatiga qöşilmoqda.
«Olmaliq TMK» AJ xabariga köra, mazkur birlaşuv masalalari aksiyadorlarning 2016-yil 2-sentabrida bölib ötajak navbatdan taşqari majlisida muhokama etiladi.
«Olmaliq TMK» AJ özining işlab çiqariş quvvatiga köra, respublikaning yirik xöjalik birlaşmalaridan biri hisoblanadi.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, 28 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadigan kombinatning Özbekiston sanoat işlab çiqarişdagi uluşi 2015-yilda 2,7 foizdan oşgan, uning respublika umumiy eksportidagi hissasi 1,8 foizni taşkil etgan.
Özbek ziç qotişmali va issiqqa çidamli metallar işlab çiqariş korxonasi 60-yillik mehnat tajribasiga ega bölib, volfram va molibden mahsulotlarini yopiq işlab çiqariş texnologiyasi yordamida yetkazib beradi.












