Gazetaning navbatdagi soni çiqqan kuni tahririyatga qönğiroq böldi. Bir maqola uçun intervyu bergan mutaxassis muallif bilan gaplaşmoqçiligini aytdi.  Hamkasbim göşakni oldi, suhbatdoşi  baland ovozda noroziligini ayta boşlaganida bizlar ham beixtiyor mojarodan xabardor böldik: “Mening familiyam Ibragimova! Ibrohimova emas! Familiyamni özgartirib yozişga nima haqqingiz bor?!”...

Ibragimovami yoki Ibrohimova?
Xöş, bu bahsda kim haq? Kim xato qildi? Familiyani imlo qoidalariga asoslanib yozgan jurnalistmi yoki hujjat bilan aynanlikni talab qilayotgan qahramonmi? 

Gazeta hayot közgusi sanaladi.  U nafaqat hayotda sodir bölgan voqea-hodisalar haqida xabar beradi, balki u orqali öquvçilar ongiga ta'sir körsatadi. Şu bois, gazeta uçun nimani yoritiş bilan birga, qanday yoritiş masalasi ham juda muhim. U keng omma auditoriyasiga möljallangan ekan,  hamma tuşunadigan  tilda, töğri va aniqlikka asoslanişi kerak. Bu faqat gazeta ilmining talabi emas, öquvçining ham talabidir. Ayniqsa, imlo  masalasida gazeta doim namuna vazifasini ötab kelgan. Biror sözning imlosi haqida bahs ketganida, “Gazetadan tekşirib köriş kerak” yoki “Gazetada bunday yozilibdi, demak şu töğri ekan” degan qaraşning mavjudligi bor gap. Şunday ekan, yuqoridagi holatda familiyani hujjatdagiday beriş xatoni qonuniylaştiriş emasmi? Biroq qahramonimizni ham aybdorga çiqarib bölmaydi. Axir, hujjatda uning familiyasi “Ibragimova” bölsa nima qilsin? Balki u şu nom bilan hamkasblari, el-yurt orasida tanilgandir, dabdurustdan gazetada “Ibrohimova” bölib qolişni istamas...

Afsuski, hujjat va imloning mos tuşmasligi hamda şu bilan boğliq muammolarga nafaqat tahririyat işida, balki kundalik hayotda ham tez-tez sodir böladi. Bu muammo jamiyatda qaçon paydo böldi? Taassufki, keça emas. Qarangki, uşbu masalaning ilk marta milliy matbuotimizda yoritilganiga 100 yil bölibdi! Mahmudxöja Behbudiyning “Oyna” jurnali 1914 yil 18-sonida çop etilgan “Jaholat dardlaridan”  sarlavhali maqolasi aynan şu mavzuga bağişlangan edi. Muallif “Absamat”, “Obduraxmon”, “Nutfullo” (Lutfullo), “Jodugor” (Yodgor), “Patxulla”larning ismlari “hujjatlar va hukumat mahkamalarida ham şul ğalat va maşaralik holatda” yozilişi haqida açiniş bilan hikoya qilib, öşa davrdayoq bu muammoni hal etişga çaqirgan edi. 

Maqoladan olingan uşbu parça, ayniqsa e'tiborga molik, göyo Behbudiy ötgan asr emas, bugun haqida yozganday: “Ajab şulki, idorada ğalat yozilib kelgan ismlarni töğri yozib yuborilsa, egalari rozi bölmaydur”... Bir asr ötibdiyu,  xatoga “sadoqat” hissi özgarmabdi. Yuqorida guvohi bölganimizdek, odamlarimizni  ism-şariflarining töğri-notöğri yozilgani emas, hujjatdagisi bilan aynan berilişi köproq qiziqtirmoqda. Imlo qoidalariga amal qilgan jurnalist respondentdan ta'na eşitgani kabi, boşqa holatlarda ham xato yozilgan ism yoki familiya egasini hujjatga “xiyonat” qilişga köndiriş qiyin. Şunday ekan, xato ta'qib qilmoqdami yoki ta'qib qilinmoqdami?