Firdavsiyning «Şohnoma» dostonida Alp Er Tönğa, ya'ni Afrosiyob va uning qahramonliklari haqida kuylanadi. Dostonda Buxoro arkini Afrosiyob bunyod etgani yoziladi. 25 avgust kuni Buxoroga Afrosiyob qaytdi. Vatanimiz mustaqilligining yigirma beş yilligi arafasida yuqori tezlikda harakatlanuvçi “Afrosiyob” poyezdining Toşkent – Buxoro yönalişi böyiça qatnovi yölga qöyildi. Poyezdning dastlabki yölovçilari mehnat faxriylari, temiryölçilar, Buxoro, Samarqand, Navoiy viloyatlari faollari va yoşlar vakillari böldi.

Soat 8.00da Toşkent şahridan yölga çiqqan poyezd oradan 2 soat-u 8 daqiqa ötib, Samarqand temir yöl vokzaliga kirib bordi. Soat 10.30 da bir guruh samarqandlik va navoiylik faollar qöşilgan “Afrosiyob” poyezdi ilk bor Buxoro tomon yölga tuşdi. Samarqand, Navoiy viloyatlarining şahar va qişloqlari, bepoyon dalalaridan yeldek uçib ötgan poyezd soat 11.40da Buxoro temir yöl vokzaliga yetib keldi. Bu yerda ilk poyezd va uning yölovçilari Buxoro viloyati faollari, keng jamoatçilik tomonidan tantanali kutib olindi. Şundan söng “Afrosiyob” poyezdi qatnovining yölga qöyilişiga bağişlangan tantanali marosim ötkazildi. Tadbirda yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlar qatnovini Urgançga qadar yölga qöyiş rejasi haqida aytildi. Yaqin kelajakda bir vaqtning özida 300 nafar yölovçiga xizmat körsata oladigan yana ikkita şu rusumdagi poyezd olib kelinişi ta'kidlandi. Mazkur yönalişda yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezd qatnovi yölga qöyilişi bilan yurtimizda bunday poyezdlar harakatlanadigan temir yöllar uzunligi 700 kilometrdan oşdi. Istiqlolimizning 20 yilligi arafasida mintaqada ilk bor Özbekistonda Toşkent–Samarqand yönalişida yuqori tezlikda harakatlanadigan “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yölga qöyilgan edi. Keyinçalik bu boradagi işlar boşqa yönalişlarda ham davom ettirildi. 2015 yilda Maroqand – Qarşi temir yöl liniyasini elektrlaştiriş işlari yakuniga yetkazildi va “Afrosiyob” poyezdi Qarşi şahriga qatnay boşladi. “Afrosiyob” şu kunga qadar 1 milliondan ortiq yölovçining uzoğini yaqin qildi.
Tadbir iştirokçilari yangi vokzal binosi, bu yerda yölovçilar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Viloyat markazidagi diqqatga sazovor joylarga, jumladan, Bahovuddin Naqşband majmuasiga sayohat uyuştirildi.

Şu kunning özida “Afrosiyob” poyezdi Buxorodan Toşkentga qaytdi.

Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, “Afrosiyob” poyezdi harakatlanar ekan, yölning ikki çetida bolalar qatori kattalar ham qöl siltab qolişdi. Yoş bolalarning sakrab raqsga tuşayotganini körib, “Afrosiyob”ga heç kimning befarq emasligiga amin böldik.

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq temir yöl transportini izçil rivojlantiriş orqali yagona milliy temir yöl tizimini yaratişga alohida e'tibor qaratildi. Uzoq istiqbolga möljallangan maxsus dasturlar, loyihalar asosida uşbu sohada keng kölamli islohotlar, ulkan bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda. Buning samarasida ötgan yigirma beş yilda yangi temir yöl liniyalari barpo etilib, asosiy tranzit uçastkalar rekonstruksiya qilindi va elektrlaştirildi. Yangi yönalişlar taşkil etilib, yangi yöllar, vokzallar qurildi, mavjud temir yöl vokzallari ta'mirlandi.