Yaqin kelajakda bu uç kompaniyaning sotuvlari ikki karra oşişi kutilmoqda. Investorlar istiqbolli investitsiyalarni izlab, köpinça daromadi tez ösadigan kompaniyalarga e'tiborni qaratişadi. Odatda bunday firmalar divident tölaşmaydi, ularning narxi qimmat böladi va yuqori tavakkal xavfiga ega. Boşqa tomondan, ular aksiyalar qiymatini sezilarli darajada ösiş bilan ta'minlaşga qodir. Aktsionerlik kompaniyasi kamdan-kam holatlarda sotuvni bir yilda ikki barobarga köpaytirişga muvaffaq böladi, biroq şunday holatlar ham uçrab turadi. Insider Pro naşrining ma'lum qilişiça, Fitbit, Box va Square 2017 yilda bunga erişişga yaqin turişibdi. 

2015 yilda Fitbit'ning daromadi 1,9 milliard dollarni taşkil qilgan, bu uning daromadi 2014 yilga nisbatan (745 million)  100 foizdan ortiq ösganini bildiradi. Joriy yilda bilakka taqişga möljallangan fitnes-trekerlar işlab çiqaruvçisi 2,5-2,6 milliard dollar işlab olişi mumkin va daromad ham şunga muvofiq 35 foizga ösadi. Biroq  Fitbit'ning eng yaxşi kunlari hali oldinda: yaqin çoraklarda daromad ösişi kutilganidan a'lo bölib, sezilarli ravişda ortişi mumkin. 

Keng kölamda oladigan bölsak, sayyoramizdagi har bir yoşi katta inson Fitbit mahsulotining xaridori sifatida namoyon böladi. Kompaniya smartfon foydalanuvçilarining muhim uluşiga ega bölişi mumkin. 72 foiz katta yoşli amerikaliklarda (taxminan 173 million kişi) smartfon bor. Aksariyatida trekerlar yöq. Sotuvning geografiyasi haqida gap ketadigan bölsa, kompaniya daromadining katta uluşi (ötgan çorakda taxminan 80 foiz) Şimoliy Amerikadan kelib tuşadi, şu bois xalqaro bozorlarga çiqiş uçun köp imkoniyatlar bor. Ötgan çorakda Koreya, Yaponiya va Xitoyda rasmiy sotuvlar yölga qöyildi.

Ehtimol, Fitbit kuçli raqobatga duç kelişi mumkindir, lekin kompaniya mahsulotiga talab saqlanib qolsa, 2017 va undan keyingi yillarda u katta daromadlarga ega bölişi mumkin.

Box kompaniyasining xizmatlariga bölgan talab yuqoriligiça qolmoqda. 2015 moliyaviy yilda ma'lumotlarni bulutli saqlaş tizimining daromadi 74 foizga, 2016 yilda esa 40 foizga ösdi.  Agar kompaniyaning prognozlari amalga oşsa, keyingi yilda sotuvlar taxminan 30 foizga ösadi, lekin Box odatda bundan-da özib ketadi. Sönggi oylarda biznes şiddat bilan rivojlanib bormoqda. Ötgan çorakda kompaniya 5 ming nafar yangi mijozga ega böldi (kompaniya uçun maksimal ösiş). Iyul oyida Box marketing böyiça yangi direktor Kerri Palinni işga oldi va savdo xodimlarini köpaytirdi. Kompaniya Box for Government va Box Zones kabi yangi mahsulotlarni yölga qöyişda davom etmoqda.  Ikkisi ham hukumat taşkilotlari va geografik çeklangan biznes tomonidan talab bilan ta'minlab, maqsadli bozorni kengaytirişga yordam beradi.