AQŞ Suriyaning yaxlit bölib qolişi tarafdori va kurdlarning mustaqilligini qöllab-quvvatlamaydi, deb aytdi AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri.
"Biz yaxlit Suriya tarafdorimiz. Biz kurdlarning mustaqilligini qöllab-quvvatlamaymiz. Ba'zi kurd elementlari bilan iş juda çeklangan asosda olib borildi", deb aytdi Kerri Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan Jyenevadagi muzokaralari yakunlariga köra jurnalistlarga.
Sergey Lavrov öz navbatida kurdlar Suriya davlatining bir qismi bölib qolişlari kerakligini aytdi.
"Biz amerikalik hamkasblarimiz bilan Suriyadagi barça tomonlar iştirok etişi kerak bölgan siyosiy jarayonni tezlik bilan boşlaş zarurligiga kelişib oldik. Kurdlar bu jarayonda tölaqonli taqdim qilinişlari kerak, ular Suriya davlati va muammolar yeçimining bir qismi bölib qolişlari lozim", deb aytdi Lavrov.












