Pxenyan harbiy harakatlardan xoli hududda amerikalik va janubiy amerikalik harbiylar tomonidan qöllanilayotgan yoritiş uskunalarini öqqa tutiş bilan tahdid qildi. Şimoliy Koreyadagi Koreya Xalq armiyasi (KXA) AQŞ va janubiy koreyalik askarlarni Panmynçjonedagi çegara postiga projyektorlar örnatib "ataylab iğvo" qilişda ayblamoqda. Bu haqda ABC xabar bergan.

KXA  bayonotida aytilişiça, bu harakatlar Şimoliy Koreya xavfsizligiga tahdid qilmoqda va şimollik harbiylarning çegara hududini nazorat qiliş böyiça faoliyatiga ta'sir körsatmoqda.

Qayd etilişiça, bu holat AQŞ va Janubiy Koreya hamkorligida ötkazilgan harbiy maşğulotlardan keyin yuzaga kelgan vaziyatni yanada oğirlaştiradi va Koreya yarim oroli "uruş çegarasi"ga keladi.

"KXA tomoniga yönaltirilgan projyektorlar, iğvo vositasi hisoblanadi. Biz ularni öqqa tutamiz," — deyilgan bayonotda.