Suriya kurdlari Frot daryosining şarqiy sohillaridan çekinmasa, Turkiya harbiylarining nişoniga aylanadi. Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavlud Çovuşöğli ma'lum qilgan.

U Anqarada bölib ötgan matbuot anjumani vaqtida Turkiyaning Suriya şimolidagi Jarablus hududida ötkazayotgan harbiy amaliyotdan asosiy maqsadi IŞID jangarilarni yöq qiliş ekanini ta'kidlagan.

"Frot qalqoni" amaliyotidan maqsad Jarablus va Afrinni IŞID jangarilaridan tozalaşdir. U yer biz tomonimizdan qöllab-quvvatlanayotgan arablarga tegişli. Ularga öz vatanlarini qaytarib beriş kerak. Şuning uçun, kurdlarni bu amaliyot xavotirga solmoqda. Suriya xalq armiyasi Frotning şarqiy qirğoğidan ketişi kerak. Ular AQŞga şunday va'da qilişgandi. Agar ular sözlarida turişmasa, biz ularni nişonga olamiz", deya vazirning sözlarini keltiradi TASS.

Bundan oldinroq, kurdlar Turkiya artilleriyasi va Turkiya HHK samolyotlari Halab şimolidagi Jarablus şahri atrofidagi qişloqlarga zarbalar yöllagani haqida ma'lum qilgandi. Ular bu hujumlar oqibatida tinç aholi vakillari halok bölişgani haqida bildirişgan. Öz navbatida rasmiy Anqara tinç aholi vakillariga hujum qilingani haqidagi xabarlarni inkor etgan.