Andijonlik olimpiadaçilarning "Rio-2016"dagi zafarli yurişlaridan ruhlangan viloyat sportçilari turli miqyosdagi musobaqalarda yurtimiz dovruğini taratişga intilişyapti.
Qozoğistonning Çimkent şahrida kattalar hamda bolalar va ösmirlar örtasida kombat aykido böyiça ötkazilgan Osiyo oçiq birinçiligida hamyurtlarimiz nomi yana faxr bilan tilga olindi.

Mazkur bellaşuvda xalqaro kombat aykido assotsiatsiyasi viloyat bölimining rahbari, iqtidorli murabbiy Dilşodbek Eşonov (suratda – örtada) 76 kg. vazn toifasida kattalar örtasidagi bahsda ğoliblikni qölga kiritdi. Murabbiydan ibrat olgan şogirdlar – Maşhurbek Madaminov (70 kg.), Omadbek Sotvoldiyev (60 kg.), Şahboz Toşpölatov (60 kg.), Temur Zuhirdinov (58 kg.), Muslimbek Mirzayev (30 kg.) ham şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy olişdi. Ular kelasi yilning boşida Tailandda bölib ötadigan jahon çempionatida mamlakatimiz terma jamoasi safida maydonga tuşadilar.
– Özbekistonimiz mustaqilligining 25 yillik ayyomi arafasida şunday natijaga erişganimizdan mamnunmiz, – deydi kombat aykidoçilarimiz ustozi D. Eşonov. – Bu, uluğ töyga bizning töyonamizdir.


Elmurod Ermatov, Andijon
Rustamjon Eşonov olgan suratlar










