Namanganda tobora yaqinlaşib kelayotgan mustaqilligimizning 25 yilligiga bağişlab, “Gözal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Özbekistonim!” degan yezgu ğoya asosida, “Özbegim oşlariga marhamat!” nomli oş çempionati taşkil yetildi. “Namangan yoşlar markazi” taşabbusi bilan ötkazilayotgan uşbu musobaqada viloyatimizning 25 nafar mahoratli oşpazlari özaro bellaşdilar. "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli aholi madaniyat va istirohat boğida bölib ötgan tanlovga, viloyatimizdagi yoşi uluğ keksalar, uruş va mehnat faxriylari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari, kam ta'minlangan oila farzandlaridan iborat 200 nafardan ortiq mehmonlar taşrif buyurişdi. Har bir oşpazning taomi belgilangan hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi. Har tomonlama mezonga muvofiq körib çiqilgan oş egalari taşkilotçilar tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar. Tanlovda Pop tumani vakillari 3-örinni egallaşgan bölsa, 2-öringa Çust tumani oşpazi loyiq topildi, Kosonsoy tumani şarafini himoya qilgan oşpaz akamizning oşlari tengsiz deya topilib 1-örinni egalladi.


Humoyunmirzo ABDULLAYeV,
Suratlar: Temurmalik VOHIDOV











