"Formula-1" poygaçisi Niko Rosberg yozgi ta'tildan keyin ötgan birinçi poyga – Belgiya Gran-prisini yutdi. Bu ğalaba Mercedes-AMG poygaçisi uçun bu trassadagi ilk ğalaba böldi.
Poygada ikkinçi bölib marraga Red Bull poygaçisi Deniel Rikkardo yetib keldi. 3-örinni esa Mercedes-AMG jamoasining yana bir vakili, amaldagi jahon çempioni Lyuis Xemilton yutdi. Xemilton bolididagi dvigatelga ortiqça özgartiriş kiritgani uçun jarimaga tortilib, poygani 21-pozitsiyadan boşlagan.
Yetakçi beştalikdan, şuningdek, Force India’ning ikki poygaçisi – Niko Xyulkenberg va Serxio Peres örin egalladi.
Belgiyadagi poygadan keyin poyga yetakçisi Lyuis Xemilton bölib qolmoqda. Uning hisobida 232 oçko bor. Niko Rosberg undan 9 oçkoga ortda qolmoqda. Konstruktorlar kubogida 415 oçko bilan Mercedes-AMG jamoasi yetakçilik qilmoqda.
Poyganing navbatdagi bosqiçi Italiyada 2-4 sentabr kunlari bölib ötadi.
Quyida poyga natijalari va umumiy hisob keltirilgan.
Belgiya Gran-prisi
1. Niko Rosberg Mercedes-AMG
2. Deniel Rikkardo Red Bull
3. Lyuis Xemilton Mercedes-AMG
4. Niko Xyulkenberg Force India
5. Serxio Peres Force India
6. Sebastyan Fettel Ferrari
7. Fernando Alonso McLaren
8. Valtteri Bottas Williams
9. Kimi Raykkonen Ferrari
10. Felipe Massa Williams
11. Maks Ferstappen Red Bull
12. Esteban Gutiyerres Haas
13. Roman Grojan Haas
14. Daniil Kvyat Toro Rosso
15. Djolion Palmer Renault
16. Esteban Okon Manor
17. Felipe Nasr Sauber
Umumiy hisob
1. Lyuis Xemilton Mercedes-AMG 232
2. Niko Rosberg Mercedes-AMG 223












