Yuguriş, suziş, yoga, raqs va hattoki krossfit – bularning barçasi bilan istagan yoşingizda şuğullanişingiz mumkin, buning uçun öylab topilgan çeklovlarni xayolingizdan çiqarib taşlasangiz, bas. Quyida e'tiboringizga havola qilinadigan hikoyalar – bunga yaqqol misol böla oladi.
Şirli Uebb 78 yoşida 100 kilogrammdan ortiq toş kötaradi
Ikki yil avval illinoyslik Şirli Uebb nevarasi bilan birga sport zaliga qatnay boşladi. Öşa paytda uning poldan turişi uçun stul yoki biror bir tayanç kerak bölgan. Zinadan esa faqat suyançiqni uşlab çiqqan. Ikki yil ötib esa, Uebb bu ikki işni ham muvaffaqiyatli bajarayotgani haqida ğurur bilan sözlamoqda. Bularning barçasi oğir atletika böyiça murabbiy Jon Rayt tufaylidir, uning şu paytgaça bunday yoşdagi şogirdlari bölmagan. Şirlining 90 kilogrammli ştangani kötarişi uçun yarim yil vaqt kerak böldi.
Ayda Xerbert 76 yoşida yoga böyiça instruktorga aylandi

Ayda Xerbert 60-yillarda yoga haqida eşitib qoladi. U paytlar 50 yoşli ayol Torontoda istiqomat qilgan, maktabda kotiba bölib işlagan va muntazam ravişda “özi yoqtirmagan aerobika maşqlari”ni bajargan. Bir kuni ertalab Ayda sport zalida “asana”ni bajarayotgan ayolga közi tuşadi. Bu taşqaridan juda noodatiy körinadi, şu sabab Xerbert unga qiziqib qoladi. U yoga bilan şuğullana boşladi, şuning barobarida bu mavzudagi adabiyotlarni örganişga kirişadi. Nafaqaga çiqqandan söng Xerbertlar juftligi qiş mavsumini Floridada ötkaza boşlaydi va öşa yerda Ayda murabbiylik bilan şuğullanadi. Ayol özi sevgan maşqlarni boşqa xohlovçilarga bepul örgatadi. Keyinçalik Ayda yoga böyiça instruktor sertifikatini qölga kiritadi. 2012 yilning kuz oylarida 96 yoşli Ayda Xerbert yoga böyiça eng yoşi uluğ instruktor sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Rober Marşan 67 yoşida velosportga qaytdi

Rober Marşan — 35 yoşida (1946 yil) Grand Prix des Nations’da yettinçi örinni egallagan fransuz velopoygaçisi. U sportga 1978 yilda qaytdi va şu kunlarga qadar buni kanda qilmaydi. 2012 yilning fevral oyida Rober Marşan “100+” yoş tasnifida jahon rekordini örnatdi: u bir soatda 24 250 metrlik masofani bosib ötdi. 2014 yilda 102 yoşli sportçi öz natijalarini 26 927 metrga yangiladi.













