Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taqiq bekor qilinganidan keyingi Rossiyadan Turkiyaga ilk charter parvoz 2 sentabr kuni amalga oshiriladi
Rossiya Turkiyaga charter parvozlarga taqiqlovni bekor qilganidan keyingi Turkiyaga ilk charter reys 2 sentabr kuni amalga oshiriladi. «Inturist» kompaniyasi Turkish Airlines aviakompaniyasi samolyoti oqali Turkiyaning Antaliya shahriga rossiyalik sayyohlarni yuboradi. Bu haqda Rossiya turoperatorlari uyushmasi (ATOR) tomonidan ma'lum qilingan.
«Inturist» kompaniyasi ortidan TUI kompaniyasi ham Turkiyaga charter reyslar tiklanganini ma'lum qilgan.
ATOR ma'lumotlariga ko‘ra, charterlar faoliyati tiklanishi bir necha kunni talab qiladi. Kompaniyalarga Turkiya tomonidan ruxsat olish va parvozlarni amalga oshirish uchun samolyotlar topish kerak bo‘ladi.
ATOR tomonidan taxmin qilishishicha, turoperatorlar narxlarni 20 foizga tushiradi va narxlar odatiy reyslarnikiga tenglashadi.
Shu bilan birga ATOR ijrochi direktori Mayya Lomidze TASS axborot agentligi uchun bergan intervyusida Turkiyaga ilk charter reyslar 4-5 sentabr kunlari amalga oshirilishini aytib o‘tgan.
28 avgust kunida Rossiya aviakompaniyalari Turkiyaga charter reyslarni tiklay boshlashi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026