Toşkentda may oyida qurilişi boşlangan uçinçi transport halqasi harakatlaniş uçun oçildi.

Yangi yöl Nurafşon köçasining «Tinçlik» metro bekatidan Oqtepa maydoni va Muqimiy köçasi orqali Nukus köçasiga boğlanadi. U Qodiriy va Raşidov şoh köçalarini ham öz içiga olib, jami uzunligi 22 km masofani taşkil etdi.

Şuningdek, Oqtepa maydonidagi yangi transport boğlamasi qurilişi  nihoyasiga yetgan. U Muqimiy köçasini Nurafşon köçasining «Tinçlik» metro bekatiga qadar boradigan yangi 4 kilometrlik qismi bilan boğlaydi.

Kiçik halqa yöli oçilişi evaziga boşqa trassalarda harakatlaniş yengillaşib, Çilonzor markazidan Eski şaharga va ortga tezroq yetib borişga imkon tuğdiradi. U poytaxtning sakkiz tumanini özaro boğlaydi.

Uçinçi halqa yölining bir qismi sifatida Yakkasaroy tumanida Muqimiy va Şota Rustaveli köçalari çorrahasida özgaça körinişdagi yöl ötkazgiç qurildi.

Tört qatorli yoysimon körinişdagi yöl ötkazgiç «Özbekiston temir yöllari» AJ köprik quruvçilari tomonidan bunyod etilmoqda. U Nukus köçasining sobiq «Toştekstilmaş» zavodiga borib taqaluvçi 900 metrlik berk köçasi bilan birlaşadi.

Mazkur çorrahada quriliş işlari boşlanişidan avval harakat jadalligi soatiga 11,5 ming maşinani taşkil etgan. Vaholanki, köça imkoniyati soatiga 6000 maşina ötkazişga möljallangan edi.