Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe RF prezidenti Vladimir Putin bilan uning "kunçiqar yurt mamlakat"iga taşrifi borasida kelişib olişni rejalaştirmoqda. Bu haqda, yapon hukumati rahbari siyosatçi Muneo Sudzuki bilan uçraşuvida ma'lum qilgan. 

Rossiya davlat rahbarining Yaponiyaga taşrifi 2014-yil kuzida bölişi kerak edi. Mazkur safar, bundan avval, Abening 2013-yil aprelida Rossiyaga amalga oşirgan taşrifiga javoban taşkil etilişi lozim edi. Biroq, Ukrainadagi vaziyat sababli xalqaro vaziyatning çigallaşuvi safarni amalga oşirişga imkon bermadi. Endilikda, Rossiya prezidentining Yaponiyaga taşrifi muhokama etilmoqda. Biroq, hozirça, u rasman tasdiqlangani yöq. 

"Men Putinning Yaponiyaga taşrifiga oid dasturini batafsil kelişib olmoqçiman", — deya Abe sözini keltiradi Kiodo agentligi.

Abe yaqinda Vladivostokda bölib ötadigan Şarqiy iqtisodiy forumda qatnaşiş uçun Rossiyaga boradi. U, anjuman doirasida Putin bilan uçraşadi. Boş vazir mazkur safar oldidan Rossiya bilan mnosabatlar bilimdoni, siyosatçi Muneo Suzuki bilan fikr almaşgan.