Hindistonlik erkin kuraşçi Yogeşvar Datt doping test natijalari ijobiy çiqqan va London–2012 Olimpiadasida qölga kiritgan kumuş medalidan mahrum etilişi aytilayotgan rossiyalik marhum sportçi Besik Kuduxovning medalni olişni istamadi va sovrin Kuduxovning yaqinlarida qolişi kerakligini ta'kidladi. Bu haqda u öz tvitterida yozgan.
U Kuduxov ajoyib kuraşçi bölganini aytib, unga bölgan hurmatini izhor etgan.
Bu masala qanday yeçim topişi hali noaniq. Olimpiya qoidalariga köra, medaldan mahrum qilingan sportçi uni qaytarişni istamasa, qabul qilib oluvçiga uning dublikati beriladi.
4 karra jahon çempioni bölmiş Besik Kuduxov 2013 yilning 29 dekabrida, Armavir yaqinida, 27 yoşida avtohalokat tufayli vafot etgan.
Biroz oldinroq uning London–2012 Olimpiadasida olingan doping namunasi ijobiy çiqqani va u kumuş medalidan mahrum qilinişi ma'lum bölgandi.
Şu bilan bir vaqtda Rossiya sport kuraşlari federatsiyasi prezidenti Mixail Mamaiaşvili bu holat böyiça rasmiy ogohlantiriş kelib tuşmaganini ma'lum qilgan.














