29 avgust kuni Apple kompaniyasi jurnalistlarga sentabrda bo‘lib o‘tadigan taqdimot marosimiga taklifnoma tarqatdi. Mazkur tadbirda yangi avlod iPhone'nining ilk taqdimoti kutilmoqda, shu sababli unga bo‘lgan qiziqish an'anaviy tarzda kuchli.

iPhone 7 va iPhone 7 Plus

Ehtimol: 100 foiz

So‘nggi oylarda, IT jurnalistlarni qiynayotgan asosiy savol — qancha model taqdim etilgan (ikki yoki uch) va ular qanday nom oladi.

Avgust boshida OAV xabar qilishicha, Apple taqdimotga bir oy qolganida iPhone Pro ishlab chiqarish g‘oyasidan voz kechdi. Aniqrog‘i, egizak kamerali iPhone Pro ishlab chiqariladi, biroq u odatiy Plus model sifatida sotiladi. Avvalllari iPhone Plus 2016 deb hisoblangan smartfon esa umuman taqdim etilmaydi. 

Sentyabr oyida foydalanuvchilarni yana o‘sha iPhone 6ss kutmoqda —xuddi avvalgidek dizayn (orqa qopqoqdagi ikki chiziq yo‘qoladi) va katta e'tibor tashqi ko‘rinishga emas, texnik yangiliklarga qaratiladi.

Apple taqdimot uchun taklifnomalarda qurilma chindan-da iPhone 7 nomini olishini qayd etgan.

Kompaniya «6ss» konsepsiyasi xaridorlarni cho‘chitib qo‘yishidan xavotirga tushganga o‘xshaydi.

Yangi iPhone xususiyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu yerda qoyil qoldiradigan hech nima yo‘q. Qurilmaning ekran piksellari ularning ishlab chiqarish texnologiyasi kabi o‘zgarmaydi. A9 protsessori o‘rniga yanada kuchliroq A10 keladi, asosiy modellardagi operativ xotira hajmi esa o‘zgarmaydi (Plus bu safar bir gigabayt ko‘proq bo‘ladi — 3 GB).

Yangi iPhone'larda akkumulyator hajmi biroz kattalashadi: oddiy modellarda — 1715 mAch o‘rniga 1960 mAch, «plyus»larda — 2750 mAch o‘rniga 2910 mAch.