Bugun Ozarbayjon poytaxti Baku şahrida butunjahon şaxmat Olimpiadasining oçiliş marosimi ötkazildi. Turnir davomida Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) 87-kongressi taşkil qilinadi.
42-Butunjahon şaxmat Olimpiadasida Özbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari ham iştirok etadi.
1 sentabr kuni start olib, 14 sentabrda yakuniga yetadigan Olimpiadada 17-jahon çempioni Rustam Qosimjonov, xalqaro grossmeysterlar Anton Filippov, Jahongir Vohidov, Marat Jumayev, şuningdek, iste'dodli Nodirbek Yoqubboyev Özbekiston şarafini himoya qilişadi. Jamoa sardori Farhod Sobirov.
Ayollar terma jamoasining Bokuga yöl olgan tarkibi quyidagiça: Nafisa Möminova, Nodira Nodirjonova, Irina Gevorkyan, Gulruhbegim Tohirjonova va Sarvinoz Qurbonboyeva.
Turnirga jami 182 jamoa taşrif buyurgan, şundan 142 jamoa - ayollar jamoalari.
2002 yilda ta'sis etilgan Olimpiadada şu vaqtgaça Armaniston terma jamoasi 3 marta, Ukraina terma jamoasi 2 marta ğalaba qozongan. Har 2 yilda bir marta taşkil qilinadigan turnirda oxirgi marta, 2014 yili xitoylik şaxmatçilar birinçi bölişgan.
Norvegiya terma jamoasi tarkibida amaldagi jahon çempioni Magnus Karlsen ham bor. U 2016 yilning noyabrida unvonini himoya qiliş uçun Bokuda Karyakinga qarşi bahs olib boradi.












