Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, işbilarmon va akademik doiralar vakillaridan samimiy qutlovlar kelib turibdi. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, Özbekiston xalqiga tinçlik-omonlik, doimiy ravnaq hamda farovonlik kabi ezgu istaklar izhor etilgan.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning maktubida şunday deyiladi:
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Islom Abduğaniyeviç!
Özbekiston Respublikasi mustaqilligi e'lon qilinganligining 25 yilligi bilan Sizni samimiy muborakbod etaman.
Mamlakatingiz ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boşqa sohalarda salmoqli yutuqlarga erişdi. Özbekistonning jahon maydonidagi obro‘-e'tibori benihoya yuqoridir.
Döstlik va özaro hurmatning ezgu an'analariga tayanuvçi davlatlarimiz örtasidagi munosabatlar strategik şeriklik va ittifoqçilik ruhida faol rivojlanib bormoqda. Işonçim komilki, biz özaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni bundan buyon ham barça yönalişlarda mustahkamlab, dolzarb xalqaro masalalarni yeçişda sa'y-harakatlarimizni samarali ravişda muvofiqlaştirib boraveramiz. Bu Rossiya va Özbekiston xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaşga xizmat qiladi.
Muhtaram Islom Abduğaniyeviç, Sizga çin qalbdan mustahkam soğlik va muvaffaqiyatlar, Özbekistonning barça fuqarolariga baxt-saodat va ravnaq tilayman.
Ehtirom ila,
Vladimir Putin,
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
Şuningdek, quyidagilar öz tabriklarini yöllaşgan:
Buyuk Britaniya Qiroliçasi – Yelizaveta II
Yaponiya Imperatori – Akixito
Belgiyaliklar Qiroli – Filipp
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari böyiça vitse-prezidenti – Siril Myuller
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA) prezidenti – Kim In Suk











