Ukrainalik tyuning işqibozlari Daewoo Matiz avtomobilini pikapga aylantirişdi.

Daewoo Matiz allaqaçon işlab çiqarişdan olib taşlangan bölsa-da, ba'zi bir şovvozlar haligaça modelga boşqaça köriniş berişga harakat qilişmoqda. Bu gal ukrainalik mexaniklar uni pikap körinişiga keltirişga qaror qilişdi. Odatda, öz umrini yaşab bölgan yoki halokatga uçragan maşinalarni pikapga aylantirişadi.

Matiz’ning tomi va orqa eşiklaridan biriga talafot yetgaç, mexaniklar unga gofrali pölat va rezinali qoplamga ega qölda yasalgan kuzov panelini örnatişdi. Orqa oyna esa haqiqiy pikapdan olingan. Old tomonda protektorga ega özgaça faralar darhol közga taşlanadi. Faralar biror tyuning kompaniyasining mahsuloti bölişi mumkin.

Şundan keyin birorta tirgakdan qolgan iz e'tiborni tortadi. Pikapning asosiy qismi sariq rangga böyalgan, tom va reyling paneli esa qora rangda. Mexaniklar özbekistonliklarga ham yaxşi taniş bölgan uşbu mitti maşinani ajoyib tarzda restayling qilişgan.

Manba: Carzone.uz