Stenford tadqiqotçilar jamoasi unça ğaroyib plastik material işlab çiqarişdi, uni matoga biriktirilganda tanani sovutiş xususiyatiga ega böladi. 

Ixtiroçilarning sözlariga köra, uşbu yangi mato yozgi jaziramada insonni issiqdan saqlovçi liboslar uçun asos bölib xizmat qilişi mumkin. 

Bu yangi mato issiqlikni tanadan ikki usul bilan haydaydi va haroratni paxtali matodan yaratilgan libosga nisbatan deyarli 4 darajaga pasaytiriş imkonini beradi. Mato terning buğlanişiga imkon berişdan taşqari, sovutişning yana bir revolyutsion usuliga ega: u infraqizil nurlarni plastik töqimalardan ötkazadi.  

Barça obektlar, şu jumladan tanamiz infraqizil nurlar körinişida issiqlik beradi. Körpa infraqizil nurlanişni tutib, uni tanaga yaqin uşlab turiş orqali bizni isitadi.  Mutaxassislarning aytişiça, idorada ötirganimizda tanamizdagi issiqlikning 40-60 foizi infraqizil nurlaniş körinişida tarqalib ketadi.  Biroq şu paytgaça bu nurlanişni hisobga olib, kiyim işlab çiqilmagandi. 

Stenford tadqiqotçilari polietilenning ma'lum bir nanotuzilmaga ega muayyan turini qöllaşga qaror qilişdi. Ular bu polietilenga kimyoviy moddalar bilan işlov berişdi - natijada suv buği molekulalari plastikadagi nanoprobalar orqali buğlanib, matoga xuddi tabiiy tolalar kabi "nafas oliş"ga imkon yaratdi.

Tadqiqotçilarning sözlariga köra, yangi matodan yaratilgan kiyim kiygan kişi issiq havoda konditsioner va ventilyatorsiz ham özini qulay his qilişi mumkin böladi.