Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov va Turkiya transport, dengizçilik va aloqa vaziri Ahmad Arslon transport sohasida hamkorlik masalalarini muhokama etişdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAV.
Uçraşuvdagi asosiy e'tibor xalqaro tranzit-transport yölaklarini barpo etişga qaratilgan
"Turkmaniston va Turkiya davlatlarining "Şarq-Ğarb" va "Şimol-Janub" yönalişlarida zamonaviy xalqaro transport yölaklarini barpo etişda imkoniyatlari kengdir", — deb qayd etgan Berdimuhammedov.
Turkmaniston rahbari va turk vaziri şuningdek, Kaspiy dengizidagi Turkmanboşi şahrida Xalqaro dengiz porti va Aşxaboddagi Xalqaro aeroportni barpo etiş masalalarini ham muhokama qilişgan.
Prezident şu yilning noyabr oyida Turkmanistonda barqaror transport mavzusida Global konferensiya bölişi munosabati bilan Turkiya respublikasi delegatsiyasini mazkur anjumanga taklif etgan.
Norasmiy ma'lumotlarga köra, Kaspiy dengiz porti 2 mlrd dollarga yaqin, poytaxt aeroporti 2 mlrd dollardan ortiqroq mablağ evaziga barpo etilmoqda.












