Özbekiston milliy terma jamoasi bugun, 1 sentabr kuni Toşkentdagi «Bunyodkor» stadionida Suriyaga qarşi JÇ—2018 saralaş uçraşuvini ötkazdi.
Qiyin keçgan uçraşuv tajribali hujumçi Aleksandr Geynrix 74 daqiqada urgan gol evaziga Özbekiston terma jamoasining 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Geynrix bu golini özgaça uslubda nişonladi. U gol urgaç maydon taşqarisida selfi tuşdi.
Guruhdagi yana ikki vakili Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalari uçraşuvi koreyslarning 3:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangandi.
Qayd etiş kerakki, Özbekiston milliy terma jamoasi şu vaqtgaça jahon çempionatlari hal qiluvçi saralaş bosqiçi uçraşuvlarini heç qaçon ğalaba bilan boşlay olmagan — bungaça bölgan beş saralaşning törttasida Özbekiston birinçi uçraşuvda mağlubiyatga uçragan, faqat bir safar durangga erişgandi.
6 sentabr kuni bölib ötadigan 3-turda Özbekiston Qatar terma jamoasiga qarşi kuraş olib boradi.
JÇ—2018
3-saralaş bosqiçi
1 sentabr, payşanba
Özbekiston — Suriya 1:0
Gol: Aleksandr Geynrix, 74 (1:0).
Özbekiston: Aleksandr Lobanov — Islom Töxtaxöjayev, Otabek Şukurov, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov (Javohir Sohibov, 67), Server Jyeparov, Eldor Şomurodov, Sardor Raşidov (Aleksandr Geynrix, 56), Igor Sergeyev.
Suriya: Ibrohim Almeh — Ahmad As-Solih, Mouaiad Al-Ajjan, Amro Al-Midani, Nadim Saboğ (Usama Umari, 62), Umar Xarbin, Mahmud Al-Mavas, Abdulrazzoq Al-Hussayin (Muhammad Rafat, 84), Alaa Aş-Şbli, Hamid Mido (Xolid Al-Mbayed, 69), Zohir Al-Medani.












