Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon qardoş özbek xalqiga hamdardlik bildirib telegramma yölladi. Bu haqda prezident saytida ma'lum qilingan.

«Tojikistonda qardoş özbek xalqining ulkan yöqotişi - hurmatli Islom Abduğaniyeviç Karimovning vafoti haqidagi xabar çuqur qayğu bilan kutib olindi», — deya qayd etilgan ta'ziyanomada.

«Islom Abduğaniyeviç Özbekiston tarixiga yetakçi davlat arbobi sifatida kirdi, u mustaqillikka erişgan mamlakatning taraqqiyoti davri mazmun-mohiyatini belgilab berdi. Donişmandligi va uzoqni köra bilişi bilan u mamlakat taşqarisida ham keng miqyosli siyosatçi sifatida obro‘-e'tiborga ega bölgandi. Uning yorqin xotirasi hamişa qalbimizda böladi», deyilgan telegrammada.

«Bu qayğuli soatlarda biz qardoş özbek xalqiga, Islom Abduğaniyeviçning barça qarindoşlari hamda yaqinlariga çuqur  hamdarlik bildiramiz», — deyilgan ta'ziyanomada.

Tojikiston rahbari boşçiligidagi delegatsiya dafn marosimida iştirok etiş uçun Samarqandga yöl oladi.