Özbekiston xalqi oğir judolikka uçradi. Respublikaning birinçi prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimov 78 yoşida vafot etdi. Bu haqda bugun, 2 sentabr kuni "Özbekiston" televideniyesi orqali ma'lum qilindi.
Prezidentda 28 avgust kuni qayd etilgan insult uni hayotdan olib ketdi.
"Aziz vatandoşlar,
Yuragimizda çuqur qayğu bilan barçamiz uçun qadrli bölgan Prezidentimiz Islom Abduğaniyeviç Karimov vafot etganini ma'lum qilamiz. Islom Abduğaniyeviç 2016 yil 2 sentabrda Toşkent şahrida boş miyada qayta tiklanmaydigan özgarişlarga va poliorgan yetişmovçiligiga olib kelgan miya qon aylanişining ötkir buzilişi (insult) oqibatida vafot etdi.
Mamlakatimizning Birinçi Prezidenti Islom Karimov haqiqatan buyuk tarixiy şaxs edi. Islom Karimovning qat'iyati va jasorati bilan respublikamiz mustaqillikka erişdi va öz taraqqiyot yölida ulkan muvaffaqiyatlarni qölga kiritdi. Yoş davlatimiz uçun ğoyat murakkab va mas'uliyatli davrda vaziyat beqarorlaşuvining oldi olingani va xalqimizning uruş dahşatlarini körmasdan eson-omon ötişi bevosita Islom Karimov nomi bilan boğliq.
Xalqimizning çeksiz muhabbatini qozongan, mustaqil mamlakatimizning Birinçi Yölboşçisi Islom Abduğaniyeviç Karimov qalblarimizda abadiy qoladi va kelajak avlodlar xotirasida tinçlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi, buyuk davlat arbobi sifatida mangu yaşaydi.
Barçamiz uçun qadrli bölgan Prezidentimizning vasiyatiga köra, Islom Karimov şu yil 3 sentabrda ota-onasi mangu qönim topgan ona şahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etiladi.
Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti bilan vidolaşuv marosimi 2016 yil 3 sentabrda Samarqand şahrida bölib ötadi.
Biz barçamiz uçun öta oğir judolik munosabati bilan marhumning oila a'zolari va butun Özbekiston xalqiga çuqur hamdardlik bildiramiz", deyildi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tarqatilgan xabarda.
Kun.uz sayti marhumning yaqinlariga va özbek xalqiga sabr tilaydi. Uning xotirasi avlodlar xotirasida abadiy qolajak.
Özbekistonda Islom Karimov boşqaruvi davrida bir avlod tuğildi, ösib-ulğaydi, ta'lim-tarbiya oldi. Yurtdagi çorak asrlik barqarorlik, butun bir yangi avlod, yangiça qaraş va yangi hayot uçun muhtaram prezidentga minnatdorçilik bildiramiz.












