Jahon | 17:00 / 03.09.2016
58809
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Putinning Islom Karimov dafn marosimiga kela olmasligiga oydinlik kiritildi

Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinning prezident Islom Karimov bilan vidolashish uchun shaxsan tashrif buyurish imkoniyati ko‘rib chiqilgan, ammo Rossiya prezidentining tig‘iz ish tartibi bunga imkon bermagan. 

Bu haqda, RIA «Novosti» agentligi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonotiga asoslangan holda xabar qilmoqda.

«Ish jadvali sabab bora olmaydi. Plenar kengashda ma'ruza qilmasa bo‘lmaydi. Bu yerdan Samarqandga 7 soatdan ortiq mobaynida parvoz qilish bilan vaqtiga yetish mushkul. Turli variantlarni ko‘rib chiqdik», — degan Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putinning Karimovni dafn qilish marosimiga shaxsan tashrif buyurish masalasi ko‘rib chiqilgan.
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid