Moskvadagi Kudrin maydonida joylashgan restoranda portlash sodir bo‘ldi.

Moskva IIV bosh boshqarmasining xabariga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan soat 20.10 da yuz bergan.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan.

Rossiya tergov qo‘mitasi bosh tergov boshqarmasi matbuot xizmati halok bo‘lgan va jarohatlanganlarning soni aniqlanayotganini bildirdi.

Moskva transport boshqarmasi Kudrin maydonidagi ko‘chalarda harakatlanish to‘xtatilganini ma’lum qildi.