3 sentabr kuni Özbekiston respublikasining birinçi prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimov Samarqandda yerga qöyildi.

Avvaliga marhumning tobuti Toşkentdan samolyot orqali Samarqandga olib kelindi va şahar köçalari böylab olib ötildi. Samarqand aeroportidan Islom Karimovning uyiga qadar bölgan masofada marhumni sönggi yölga kuzatiş uçun minglab samarqandliklar jam bölişdi.

U özi tuğilib ösgan xonadonga keltirildi. Bu yerda marhumni sönggi yölga kuzatiş bilan boğliq milliy urf-odat va marosimlar ado etildi.

Şundan söng, Samarqand markazidagi qadimiy Registon maydonida marhum bilan vidolaşuv marosimi bölib ötdi.

Marosimda iştirok etiş uçun Islom Karimovning tuğilib-ösgan şahriga Özbekistonning davlat, jamoatçilik va diniy arboblari, şuningdek, bir qator mamlakatlar va xalqaro taşkilotlarning yuqori lavozimli vakillari taşrif buyurdi.

Ular qatorida Tojikiston, Turkmaniston va Afğoniston prezidentlari, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston va Gruziya boş vazirlari, Eron TIV rahbari, BAA davlat vaziri, MDH ijroçi kotibi va boşqalar bor edi.

U ona şahri — Samarqandning Hazrati Hizr masjididagi qadimiy qabristonga musulmon odatlariga köra dafn etildi.