Xançjouda (Xitoy) G20 sammiti doirasida BRIKS yetakçilarining norasmiy uçraşuvi bölib ötdi.
Davlat rahbarlari muzokaralari rasmiy marosim va birgalikda suratga tuşişdan boşlandi. XXR raisi Si Tszinpin "Sixu" qarorgohida öz hamkasblarini qarşi oldi.
Bunday yuqori darajali uçraşuvlar 2010 yildan boşlab G20 sammiti doirasida muntazam ravişda ötkaziladi.
BRIKS - Braziliya Federativ Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Hindiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va Janubiy Afrika Respublikalarining (Brazil, Russia, India, China, South Africa) norasmiy davlatlararo ittifoqi. BRIKS mamlakatlari aholisining umumiy soni - 3,008 milliard nafar (dunyo aholisining 40 foizi), ularning YaIM umumjahon yalpi içki mahsulotining 27 foizini taşkil qiladi.
2015 yilning 1 aprelidan 2016 yilning 15 fevraliga qadar BRIKS Rossiya raisligida bölib ötgan. Rossiya raisligida BRIKSda 100dan ortiq tadbirlar bölib ötgan, ulardan 20tasi - vazirlar va idoralar rahbarlari darajasida ötkazilgan.

















