Light | 03:03 / 04.09.2016
10832
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada qumdan 14,5 metrlik qasr qurildi

Germaniyaning Duysburg shahrida Ginness rekordlar kitobiga kirish maqsadida 14,5 metrlik qum qasri qurildi. 

Qasrni qurishda 10 ta davlatdan 18 kishi ishtirok etdi. 14,5 metrlik skulpturani qurish uchun 3 hafta vaqt va 2 tonnadan ko‘proq qum talab etildi.

Loyiha ishtirokchilari 2015 yilda Mayamida o‘rnatilgan jahon rekordini yangilashmoqchi bo‘lishdi. Mayamida 14 metrlik qasrni qurish uchun 1,8 tonna qum ketgandi. 

Biroq inshoot yaxshilab kuzatib chiqilgandan keyin Ginness rekordlar kitobi komissiyasi qumda qurilish havozalari qoldiqlari borligini aniqladi, bu esa qoidalarga zid keladi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid