Özbekiston respublikasining birinçi prezidenti Islom Karimovga Rossiya federatsiyasi poytaxti Moskva şahrida haykal örnatilişi mumkin. Bu haqda riamo.ru sayti Madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar böyiça Moskva şahar Dumasi raisi Yevgeniy Gerasimovga asoslanib xabar bergan.

«Moskvadagi Özbekiston elçixonasi yoki konsullik binosi yaqinida hurmatli Karimov uçun yodgorlik örnatilişi va haykal uçun munosib joyni belgilaş juda muhim. Bu bizning xalqimiz birodarligi ramzi böladi», – degan Gerasimov.

U Islom Karimovning Özbekiston va Rossiya munosabatlari rivojida va özbek xalqining farovonligi yölidagi xizmatlari beqiyos bölganini qayd etib ötgan.

«U Sobiq Ittifoq davrida va undan keyin ham köplab millatlarni birlaştirgan yetakçi edi. U köplab odamlarning hurmatiga sazovor bölgan inson edi. Karimov tinçlik va ahillikni ta'minlaş uçun juda köp mehnat qildi», – degan Gerasimov.

 

Özbekiston respublikasining birinçi prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimov 2016 yilning 2 sentabr kuni oğir xastalikdan söng 78 yoşida vafot etdi. Marhum 3 sentabr kuni tuğilib ösgan şahri Samarqandga dafn etildi.

Özbekistonda 3 kunlik motam e'lon qilingan.